BQQMP Nego

BQQMP Nego

«Toshkent» Respublika fond birjasining «Nego Board» muzokarali auksion seksiyasida bitimlar tuzish uchun potensial xaridorni aniqlash maqsadida buyurtmalarni qabul qilish maxsus platformasi.

Diqqat!

«Toshkent» Respublika fond birjasi AJ Kuzatuv kengashining 2023-yil 10-apreldagi qaroriga muvofiq, Birjaning Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib, ular 2023-yil 14-apreldan kuchga kirgan. Mazkur o‘zgartirishlarga ko‘ra, savdoga qo‘yilgan lot bo‘yicha kamida ikki talabgordan buyurtma kelib tushgan taqdirdagina potensial xaridorni tanlash jarayoni bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi.

Ushbu sayt Nego Board muzokarali auktsion sektsiyasida yirik aksiyalar paketlarini sotishda oshkoralikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan va Nego Board muzokarali auktsion sektsiyasida bitimlar tuzish bo'yicha potensial xaridorni aniqlash uchun «Toshkent» RFB arizalarini qabul qilish maxsus platformasi hisoblanadi.

Nego Board muzokarali auktsion sektsiyasi nima?

«Nego Board» — qimmatli qog‘ozlarning yirik paketlari bo‘yicha muzokarali auksion rejimida bitimlar tuziladigan birja savdo seksiyasi. Ushbu seksiyada buyurtma berilgan sanadagi muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 1 foizini tashkil etuvchi paketlar bo‘yicha blok-treyding rejimida, milliy valyutada bitimlar tuziladi.

Platforma kimlar uchun mo‘ljallangan?

  1. Yirik investorlar uchun

    Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining kamida 1 foizini tashkil etuvchi paketlarni sotib olishni rejalashtirayotgan investorlar uchun.

  2. Davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun

    Davlat ulushlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli aksiyalar paketlarini birja orqali sotishni rejalashtirgan tashkilotlar uchun.

  3. Aksiyadorlar uchun

    O‘zlariga tegishli aksiyalar paketlarini birja orqali sotishni rejalashtirayotgan aksiyadorlar uchun.

BQQMP NEGO platformasining qanday afzalliklari bor?

  1. Aksiyalar paketini maqbul narxda sotish imkoniyati.

  2. Xaridorni tanlash muddatini belgilash imkoniyati.

  3. Narxlarning o‘zgarishini va potensial xaridorlar sonini real vaqt rejimida kuzatish.