“Toshkent” Respublika fond birjasining Buyurtmalarni qabul qilish maxsus platformasi — Nego BQMP saytiga xush kelibsiz!
“Toshkent” Respublika fond birjasining Buyurtmalarni qabul qilish maxsus platformasi — Nego BQMP saytiga (“Nego BQMP” sayti) tashrif buyurish yoki undan foydalanish orqali Siz ushbu foydalanish shartlari va maxfiylik siyosatini to‘liq hajmda qabul qilasiz.
Shartlarni qabul qilish
“Nego BQMP” sayti quyidagi foydalanish shartlari (“Shartlar”) asosida taqdim etiladi. Ushbu saytning istalgan sahifasiga kirish orqali Siz ushbu Shartlarga rozilik bildirasiz. Ushbu Shartlarga vaqti-vaqti bilan o‘zgartirishlar kiritilishi va yangilangan Shartlar oldindan xabardor qilinmasdan e’lon qilinishi mumkin.
“Nego BQMP” sayti
Ushbu saytda Siz taklif etilgan lotlar bo‘yicha potensial xaridorlarni tanlash to‘g‘risida ma’lumot olishingiz hamda Nego Board muzokaralar auksioni seksiyasida keyinchalik birja bitimini tuzish uchun kelishuvlar tuzish huquqini olish maqsadida elektron tanlovlarda ishtirok etishingiz mumkin.
Cookie-fayllar to‘g‘risida ma’lumot
Saytning ayrim bo‘limlari parol bilan himoyalangan. “Nego BQMP” sayti Siz parolni qayta kiritmasdan saytning parol bilan himoyalangan bo‘limlariga qayta kira olishingiz uchun cookie-fayllardan foydalanadi (cookie-fayllar kompyuteringizda joylashgan bo‘lib, internet-brauzeringiz tomonidan boshqariladi).
Saytga kirish va akkauntingiz xavfsizligi
Akkauntingiz Siz taqdim etgan elektron pochta manzili orqali identifikatsiya qilinadi va foydalanuvchi nomingizdan (elektron pochta manzilingizdan) foydalanish huquqiga faqat Siz egasiz. Akkauntingiz va Siz tanlagan har qanday parollarning maxfiyligini saqlash uchun Siz javobgarsiz, aks holda biz Saytga kirishingizni bloklashimiz mumkin. Akkauntingizdan har qanday foydalanish uchun, u Sizning ruxsatingiz bilan yoki ruxsatingizsiz amalga oshirilganidan qat’i nazar, Siz javobgarsiz. Agar akkauntingiz va/yoki parolingizdan noto‘g‘ri foydalanilgan yoki ularning maxfiyligi buzilgan deb hisoblasangiz, darhol info@uzse.uz manzili orqali biz bilan bog‘laning.
Siz bizning aniq yozma roziligimizsiz Saytda bittadan ortiq akkaunt ro‘yxatdan o‘tkazmaslikka rozilik bildirasiz. Soxta nom bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin emas. Agar akkauntingizni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, info@uzse.uz manzili orqali biz bilan bog‘laning.
Foydalanishdagi cheklovlar
Siz “Nego BQMP” saytidan faqat qonuniy maqsadlarda va ushbu foydalanish shartlariga muvofiq foydalanishingiz mumkin. Siz quyidagilarga rozilik bildirasiz:
- saytdan uning ishlashi to‘xtashiga, ortiqcha yuklanishiga, zarar ko‘rishiga yoki boshqa har qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday usulda foydalanmaslik, shuningdek, uchinchi shaxslarning saytdan foydalanishiga, shu jumladan ularning sayt bilan real vaqt rejimida ishlash imkoniyatiga xalaqit bermaslik;
- saytga har qanday maqsadda, shu jumladan saytda joylashtirilgan materiallarni kuzatish va nusxalash maqsadida kirish uchun robotlar yoki boshqa avtomatik qurilmalar, usullar va vositalardan foydalanmaslik;
- bizning oldindan yozma roziligimizni olmasdan, saytda joylashtirilgan materiallarni har qanday ruxsat etilmagan maqsadlarda qo‘lda kuzatmaslik va nusxalamaslik;
- saytning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilmalar, dasturiy ta’minot va amallardan foydalanmaslik;
- zararli yoki texnologik jihatdan zarar yetkazuvchi har qanday viruslar yoki boshqa materiallarni joriy etmaslik;
- saytga ruxsatsiz kirishga urinmaslik, saytning istalgan bo‘limlari, sayt ma’lumotlari saqlanadigan serverlar yoki sayt bilan bog‘liq har qanday serverlar, kompyuterlar va ma’lumotlar bazalarining ishlashiga to‘sqinlik qilmaslik, zarar yetkazmaslik yoki ularning ishlashini to‘xtatmaslik;
- xizmat ko‘rsatishni rad etishga qaratilgan hujum yoki taqsimlangan xizmat ko‘rsatishni rad etishga qaratilgan hujum orqali saytning ishlashiga to‘sqinlik qilmaslik;
- saytning normal ishlashiga boshqa har qanday usulda to‘sqinlik qilmaslik.
Javobgarlik
“Nego BQMP” saytidan foydalanar ekansiz, Siz o‘z harakatlaringiz va saytdagi ma’lumotlardan foydalanish oqibatlari uchun to‘liq javobgar bo‘lasiz.
“Nego BQMP” saytining mazmunini operatorning oldindan yozma roziligisiz har qanday usulda nusxalash, e’lon qilish, qayta ishlab chiqarish, uzatish yoki tarqatish, shuningdek, internet tarmog‘ida, ommaviy axborot vositalarida yoki jismoniy tashuvchilarda joylashtirish mumkin emas.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish
“Nego BQMP” saytidan foydalanish orqali Siz shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish to‘g‘risida xabardor qilinganingizni hamda bunga rozi ekanligingizni tasdiqlaysiz.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va ularga ishlov berishdan maqsad foydalanuvchiga saytning shaxsiylashtirilgan xizmatlarini, shu jumladan shaxsiy bo‘limga kirish, avtorizatsiya, parolni eslatish, bildirishnomalar yuborish va Foydalanuvchining so‘rovlariga ishlov berish xizmatlarini taqdim etishdan iborat.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish “Nego BQMP” sayti xizmatlarining ishlashini ta’minlash maqsadida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, ro‘yxatga olish, to‘plash, saqlash, ulardan foydalanish va ularni o‘chirish bilan bog‘liq har qanday harakat va/yoki harakatlar majmuini o‘z ichiga oladi.